iComfort keysi: oylik sotuv 100 tadan 700+ taga
Mijoz: iComfort — Apple va boshqa texnika do‘koni, muddatli to‘lov bilan sotuv.
A nuqta
- Oylik sotuv: 100 ta
- Marketing strategiyasi yo‘q
- Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa ishonch uyg‘otmasdi
Nima qildik
- Marketing strategiyasini noldan tuzdik.
- Instagram sahifani qayta qurdik: ekspert videolar, mahsulot obzorlari, narx va muddatli to‘lov haqida aniq kontent.
- Reels va target reklama orqali qamrovni oshirdik.
B nuqta
| Ko‘rsatkich | A nuqta | B nuqta |
|---|---|---|
| Oylik sotuv | 100 ta | 700+ ta |
| Oylik qamrov | — | 2 million+ |
| Marketing byudjeti | — | $3 000 / oy |
Xulosa
Telefon savdosida mijoz avval sotuvchiga ishonishi kerak. Yuzi bor, savollarga javob beradigan va narxni ochiq aytadigan sahifa reklamaning har bir dollarini ko‘proq sotuvga aylantiradi.


