Level Marketing / Maqolalar / Sotuv va analitika
Reklama hisobotida qanday raqamlar bo‘lishi shart
Ko‘p tadbirkorlar oy oxirida chiroyli diagrammalar bilan hisobot oladi, lekin undan reklama foyda keltiryaptimi yoki yo‘qmi, tushunib bo‘lmaydi. Yaxshi hisobot — qaror qabul qilish vositasi. Bu maqolada reklama hisobotida qanday raqamlar va bo‘limlar bo‘lishi shartligini ko‘rib chiqamiz.
Hisobotning tuzilmasi
- Davr va maqsad — qaysi oy, qanday reja qo‘yilgan edi.
- Asosiy raqamlar — pastdagi jadval.
- Kampaniya va kreativlar kesimi — nima ishladi, nima ishlamadi.
- Nima qilindi — testlar, o‘zgarishlar, yangi kreativlar.
- Xulosalar — raqamlar nimani anglatadi.
- Keyingi oy rejasi — aniq harakatlar va kutilayotgan natija.
Asosiy raqamlar
| Ko‘rsatkich | Nimani ko‘rsatadi |
|---|---|
| Sarf | Reklamaga qancha pul ketgan |
| Qamrov va ko‘rishlar | Nechta odamga yetib borgan |
| Bosishlar va CTR | Kreativ qanchalik qiziq |
| Arizalar soni va CPL | Bitta ariza narxi |
| Sifatli arizalar | Ulardan qanchasi haqiqiy mijoz |
| Sotuvlar va tushum | CRM'dan olingan ma'lumot |
| Bitta sotuv narxi | Reklama + xizmat ÷ sotuvlar |
| ROMI | Marketing o‘zini oqlayaptimi |
Oxirgi uchta qator uchun mijoz va agentlik ma'lumot almashishi kerak: arizalar qaysi biri sotuvga aylanganini faqat sotuv bo‘limi biladi. ROMI'ni hisoblash — ROMI maqolasida, CPL — CPL qo‘llanmasida.
Xavfli signallar
- Hisobotda faqat qamrov, layk va obunachilar bor.
- Sarf kampaniyalar bo‘yicha taqsimlanmagan.
- Raqamlar o‘tgan oy bilan solishtirilmagan.
- Xulosa va keyingi qadamlar yo‘q.
- Hisobot har safar kechikadi.
Hisobot qanday topshiriladi
Raqamlarni yuborishning o‘zi kam — ularni tushuntirish kerak. Level Marketing'da har oy loyihaning o‘z sanasida mutaxassisimiz mijoz ofisiga borib, qamrov, arizalar va ariza narxini ko‘rsatadi va keyingi oy rejasini muhokama qiladi.
Xulosa
Yaxshi hisobot uchta savolga javob beradi: qancha pul sarflandi, qancha sotuv keldi va keyingi oy nimani o‘zgartiramiz. Agar hisobotingizda bunday javob bo‘lmasa, uni talab qiling. Mutaxassisni tanlashda bu savol ham muhim — targetolog tanlash maqolasida.